Mash’alada yonib ketuvchi yo‘ldosh gazlardan elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda

Xalqaro Rivojlanish Uyushmasi (Jahon banki) tomonidan «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida Muborak NGQChga qarashli Sardob konida mash’alada yonib ketuvchi yo‘ldosh gazlardan mikroturbinali qurilmalar yordamida 2 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining topshirig‘iga ko‘ra, Ishlab chiqarishni texnik rostlash Departamenti qoshidagi Bosh Energetik bo‘limi ishlab chiqarish ob’yektlari energosarmoyasini oshirish ishlarini bajarmoqda.
Ushbu loyiha natijasida qisqa davr mobaynida 13 280 803,0 kVt*s elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ ma’sul xodimlari tomonidan mash’alada yonib ketuvchi yo‘ldosh gazlardan ham samarali tarzda foydalanib keyinchalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirishni ham rejalashtirgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter