May oyida aholi sezgan inflyasiya darajasi 14,5 foizni tashkil etdi

Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, may oyida aholi tomonidan sezilgan inflyasiya darajasi avvalgi oyga nisbatan sezilarsiz tezlashib, 14,5 foizni tashkil etdi.
Sezilgan inflyasiya darajasining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (18,5 foiz) qayd etilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyasiya darajasi Navoiy viloyatida (11,7 foiz) kuzatilgan.
Aprel-may oylarida aholi tomonidan, jumladan, go‘sht va sut, elektr va tabiiy gaz, benzin va yoqilg‘i, dorilar hamda yo‘lkira va tashish xizmatlari narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan.
Hisobot davrida daromadlari 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyasion kutilmalari nisbatan yuqori darajada shakllandi.
Aholi tomonidan yuqori sezilgan inflyasiya darajasi ishlab chiqarish sohasi vakillari (16,5 foiz) tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyasiya darajasi umumiy ovqatlanish sohasi vakillari (11,9 foiz) tomonidan qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter