Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MB sakkizta bank borasida tarqalgan xabarlarga izoh berdi

MB sakkizta bank borasida tarqalgan xabarlarga izoh berdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda banklar ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha qo‘yilgan talablarga sakkizta bankning kapitali javob bermasligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank mazkur xabar yuzasidan ma’lumot berdi. 

O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 13-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab ikki yuz milliard so‘mni va bosqichma-bosqich 2025-yil 1-yanvardan besh yuz milliard so‘mni tashkil etishi lozimligi belgilangan.

Markaziy bank qonun loyihasi ishlab chiqilayotgan vaqtda, tijorat banklariga ustav kapitalini belgilangan miqdorga yetkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bergan.

«Ustav kapitali miqdori belgilangan minimal talablarga javob bermaydigan banklarga nisbatan qonun hujjatlariga asosan boshqa banklarga qo‘shilish tavsiya etiladi, aks holda ulardan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olinadi», deyiladi MB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring