Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank»: Mingbuloqdagi muammolar bartaraf etilmoqda

«Mikrokreditbank»: Mingbuloqdagi muammolar bartaraf etilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarda bugun tub o‘zgarishlar va yangilanishlar olib borilib, odamlar roziligi uchun harakat qilinmoqda. Ayniqsa, tahlil va o‘rganishlarning eng quyi tizimlardan boshlangani, barcha darajadagi rahbarlarning mahalla va xonadonbay ishlashi mavjud muammolarni yaqinroq o‘rganib, joyida hal qilish va fuqarolar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan o‘ta muhim tashabbus bo‘ldi.

Ayni shu vazifalardan kelib chiqqan holda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki ham respublika miqyosida barcha hududlar kesimida tuman va mahallalarga biriktirilgan bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida aniq manzilli ishlarni olib bormoqda.

Jumladan, bank tomonidan Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish, aholi muammolarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ushbu tumandagi jami 40 ta mahallani o‘rganish natijalariga ko‘ra, mavjud holatni yaxshilash uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Unga 55 km ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish, 200 km ichki yo‘lga shag‘al yotqizish, 11 ta yangi transfarmator o‘rnatish va 47 tasini ta’mirlash, 377 ta «Temir daftar»ga kiritilgan yoshlarga 697 gektar yer ajratish kiritildi.

Qayd etish lozimki, «Mikrokreditbank» tomonidan tuman iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha salmoqli ishlar bajarilmoqda. Kam ta’minlangan, o‘ta muhtoj oilalarni turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha bank tomonidan jami 467,8 mln. so‘m homiylik yordami kursatildi.  Shuningdek, fevral oyining o‘zida 156 ta aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga jami 5,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi, shundan 1,2 mlrd. so‘mi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirildi. Jumladan, «Mehnatobod» mahallasida «Medlayn» MChJning loyihasi to‘xtab qolganligi sababli, unga zamonaviy tibbiyot uskunalari xarid qilishi uchun 3,5 mlrd. so‘m kredit ajratish hisobiga 30 nafar ishchi o‘rniga ega tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini boshladi.

Mahallalar ixtisoslashuvi bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda drayverlar aniqlandi.

«Yoshlik» MFY va qo‘shni «Farovon» va «Tollik» MFYlar aholisi chorvachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, ushbu mahallalarda 200 ta xonadon chorvachilikka kooperatsiya asosida biriktirildi. «Nozim milk» MChJga sutni qayta ishlash uskunasi sotib olish uchun 1 mlrd. so‘m bank krediti ajratildi.

«Chordana» MFYda issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanayotgan «Best Lochin Agrofirma» MChJ bilan birgalikda ushbu mahalladagi 50 ta xonadonlarda kichik issiqxonalar tashkil etib, sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirildi.

Umuman olganda, hozirgacha tumandagi 22 324 ta xonadonning qariyb 35 foizi yoki 7800 ta xonadon vakillari bilan uchrashgan holda ularning muammo va mavjud imkoniyatlari xatlovdan o‘tkazildi. Tumandagi 2 258 ta tadbirkorlik sub’yektlarining 23 foizi yoki 524 nafari tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashgan holda ularning muammo va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi hamda yechimini topmoqda.

Tumandagi yoshlar masalalari ham alohida e’tibor markazida bo‘lib,  2 214 nafar yoshlarga 25 sotixdan jami 554 ga yer maydoni ajratildi. Bundan tashqari, tumandagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda 81 nafar yoshlar kredit mablag‘lari evaziga tadbirkorlik faoliyatni yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan. Ularni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish maqsadida Jumashuy melioratsiya qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji binosida «Tadbirkorlikka o‘qitish markazi» tashkil qilindi.

Ushbu maqsadlar uchun tumandagi yoshlarga joriy yilda 15,3 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Tumanda obodonlashtirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bank axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring