Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlamoqda

«Mikrokreditbank» xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlamoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor sabab, tadbirkor ayollar soni yildan yilga ortmoqda.

Bank Axborot xizmatining xabar berishicha, respublikamizning barcha hududlarida ayollarning biznes loyihalarini moliyalashtirishda «Mikrokreditbank» ATB ham faol ishtirok etib keladi. Bu borada bank ko‘magida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan ko‘plab ayollarimizni e’tirof etishimiz mumkin. Jumladan, qoraqalpog‘istonlik tadbirkor ayollarimizning bugungi faoliyati ham alohida tahsinga loyiq.

Xususan, Amudaryo tumanida faoliyat yurituvchi YTT Gulfiya Xudayberganova uy bog‘cha ochish maqsadida bankning 157 million so‘mlik kredit mablag‘laridan foydalangan holda tuman aholisi uchun nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini ochdi. Ayni damda 5 nafar ayol-qizni ish bilan ta’minlab, o‘z tabdirkorligini yanada kengaytirish niyatida.

Chimboy tumanidan «Altin sandiq» MChJ rahbari Sarvinoz Dauletniyazova ham bankdan non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar sotib olish maqsadida 271 million so‘m miqdorda kredit olib, o‘z tadbirkorligini yanada kengaytirdi va 4 nafar ayol-qizni ish bilan ta’minladi.

Nukus shahridagi «MIYRAS STOM» MChJ rahbari Endira Utambetova stomatologiya xizmatlariga asbob-uskuna sotib olish uchun bankdan 200 000 000 so‘m kredit oldi va 4 nafar ayolni ishli qildi. 

Bugun bu kabi ayol tadbirkorlarimizning faoliyati haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Chunki ular o‘z tadbirkorligi orqali jamiyatimizda munosib o‘ringa ega bo‘lish bilan birga mahallasidagi yoshlar hamda ayollarni ish bilan ta’minlamoqda, shuningdek, bankdan olingan kreditdan oqilona foydalanmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 2 ming nafardan ortiq xotin-qizning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga 23 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ayol tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring