Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy bank kreditlarni qanday undiradi? Soft collection haqida ma’lumot

Milliy bank kreditlarni qanday undiradi? Soft collection haqida ma’lumot

Foto: «Xabar.uz»

Bugun «O‘zmilliybank»da aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida amalga oshiriladigan yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, O‘zmilliybank tomonidan yo‘lga qo‘yiladigan Soft collection xizmat turi haqida so‘z bordi. Bu qanday xizmat turi?

«Bank tizimida turli holatlar yuzaga kelishi mumkin. Biz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli jihatlarni hal qilish uchun qo‘ng‘iroq markazlari tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu mijozlarimizga qulaylik yaratadi.

Uzoq viloyatlardan bizga kim qo‘ng‘iroq qilishi mumkin? Faqat katta muammosi bo‘lgan va o‘sha muammoni joyida hal qila olmaganlar. Agar mijozga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilsa, u qo‘ng‘iroq qilmaydi. Kun davomida birgina operatorga 70-80tagacha qo‘ng‘iroq bo‘ladi va ularning muammolarini hal qilish uchun ish olib boramiz.

Soft collection tizimi kredit olgan mijozlarga yana-da qulaylik yaratish uchun joriy etilmoqda. Aytaylik jismoniy shaxs avtokredit oldi. Har oyning 6 sanasida foiz va kreditni qisman yopishi lozim. Agar u o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lsa, operatorda ro‘yxat shakllanadi va mijozga avtomatik qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Xodimimiz o‘zini tanishtiradi va kreditni to‘lab ketishni so‘raydi.

Shundan so‘ng mijozga uch kun yoki besh kun vaqt beriladi. Kompyuter yana o‘z vaqtida to‘lanmagan kreditlarni aniqlaydi va 5 kundan so‘ng takroriy qo‘ng‘iroqni amalga oshiradi. Shundan so‘ng ham kredit to‘lanmasa, uchinchi marta qo‘ng‘iroq bo‘lmydi, balki boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi», — deydi bank bo‘lim va filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Shonazar Raimbergenov.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring