Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MKBANK: «Ayollar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 99 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratildi

MKBANK: «Ayollar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 99 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratildi

Bugun «Mikrokreditbank» ATB tomonidan yurtimizda ayollar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bu borada duch kelayotgan muammolariga yechim topish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Jumladan, 2022-yilning o‘tgan davri davomida 44 073 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlikning turli yo‘nalishdagi loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha bank tomonidan zaruriy choralar ko‘rilgan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 872,0 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 44 715 nafar ayollar bandligi ta’minlandi.

Masalan, Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi Nozima Ahmedova bankdan 33 million so‘m kredit olib, issiqxona tashkil qildi va mahallasida yashovchi 1 nafar ishsiz ayolni ish bilan ta’minladi. Jondorlik Mohichehra Mengliyeva esa parrandachilik uchun bankdan kredit olib, u ham 1 nafar ayolni yoniga ishga oldi va ayni damda uyida parrandachilikni kengaytirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiluvchi «Ayollar daftari»ga kiritilgan Shogul G‘oibova ham bankdan 33 million so‘m kredit olib, mahallasida tikuvchilikni yo‘lga qo‘ydi va 3 nafar yoshlarni ish bilan ta’minladi.

«Ta’kidlash lozimki, mazkur ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobiga hududlarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik, parrandachilik, issiqxona, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, asalarichilik, quyonchilik, hunarmandchilik, o‘zini o‘zi band qilish hamda boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga puxta zamin yaratildi.

Shuningdek, bank tizimida «Ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish choralari ham belgilangan.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni ustuvor ravishda «Ayollar daftari»ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirish, ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan oldin ularga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va biznes loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bank tomonidan nazorat o‘rnatilgan. Natijada «Ayollar daftari» 3-bosqichda daftarga kiritilgan, tadbirkorlik istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 99 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi», deydi Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamenti boshqarma boshlig‘i M.Rajapov.

Bugun aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan, hunarmandchilik faoliyati sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda ham bank tomonidan muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, «Mikrokreditbank» ATB xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun tadbirkorlik istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘maklashadi va bu kabi ishlarni 2023 yilda ham tizimli davom ettiradi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring