«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o‘rganish maqsadida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi (foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan jamiyatga qarashli Muborak boshqarmasida tabiiy gaz qazib chiqarish, geologik-texnik tadbirlar doirasida quduqlarni burg‘ilash, kapital ta’mirlash va texnologik ob’yektlarni ishga tushirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
O‘rganish davomida tadbirlarning bajarilish holati joylarga chiqqan holda batafsil muhokama qilindi va kelgusi istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan «Tegirmon» konlari guruhi va unga yaqin maydonlarda amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlarining holati o‘rganildi.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida ushbu hududda 9 ta yangi – «Tegirmon» va «G‘arbiy Tegirmon» konlarida 2 tadan izlov-qidiruv va 2 tadan ishlatish quduqlari, shuningdek, «Yangi Alat» konida 1 ta izlov-qidiruv qudug‘i burg‘ilandi va qurilish bilan bilan tugatildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatilgan quduqlarning barchasidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz zaxiralarini ko‘paytirishga erishildi va hozirda ulardan tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari davom ettirilmoqda.
2022 yilning o‘tgan davri mobaynida erishilgan eng asosiy yutuqlardan biri bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida ushbu hududda «Yangi Alat» – yangi gazkondensat konining ochilishi bo‘ldi.
«Ishchi guruh» tomonidan bugungi kunda «Tegirmon» konidagi 6-sonli, «G‘arbiy Tegirmon» konidagi 8-sonli, «Yangi Tegirmon» maydonidagi 1-sonli izlov-qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari natijasida ochilgan «Yangi Alat» gaz-kondensat konidagi 1-sonli quduqni ishga tushirish maqsadida diametri Ø168x8 mm bo‘lgan 11 km uzunlikdagi gaz quvurining qurilish ishlari «Ishchi guruh» tomonidan o‘rganildi.
Shundan so‘ng, Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» «Tegirmon» konidagi 15-sonli va 16-sonli, «G‘arbiy Tegirmon» konidagi 11-, 12-sonli ekspluatatsion quduqlarda olib borilayotgan burg‘ilash ishlarini o‘rganib, mutaxassislarga olib borilayotgan burg‘ilash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish davomida quduqlarni burg‘ilash ishlarida smena asosida ishlayotgan ishchilarning yashash sharoitlari ham ko‘zdan kechirilib mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter