Namanganda hind tajribasi asosida kichik GESlar quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga qilgan tashrifi davomida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda. Davlat rahbari uchrashuv davomida elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirish masalasiga e’tibor qaratdi.
«Namangan viloyatida Norin daryosi bor, unda kichik GESlar qurish orqali elektr energiyasi ishlab chiqish imkoniyatlari bor. Bu borada Hindiston tajribasini o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin, u yerdagi daryolarda ko‘plab kichik GESlar qurilgan va elektr energiyasi ishlab chiqarilyapti. Biz ham shu tajribani yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Soha mutaxassislari Hindistonga borib, ish o‘rganib keladilar, kichik GESlar qurishda tadbirkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam vodiy viloyatlarida 160 Megavattli quyosh panellari va 100 ta mikro GES qurilishi xabar qilingan edi. Sohaga 1-iyulga qadar tadbirkorlar jalb etilib, Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farg‘onada 27 ta mikro GES qurilishi boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter