Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda gibrid elektr stansiyasi barpo etiladi

Navoiyda gibrid elektr stansiyasi barpo etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifning ikkinchi kunidagi tadbirlar doirasida «China Energy Engineering Corporation» raisi Sun Xaylyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Zamonaviy energetika, infratuzilma va sanoat ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish borasida katta tajribaga ega Xitoyning «China Energy» yetakchi korporatsiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Kompaniya aktivlarining qiymati 150 milliard dollardan ortiq.

Uchrashuvda kompaniya O‘zbekiston energetikasini texnologik modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

«China Energy» Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh va shamol elektr stansiyalari, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirmoqda.

Kompaniya Navoiy viloyatida gibrid elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etish niyatida.

Bundan tashqari, joriy yil sentyabr oyida Samarqand viloyatida sement ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlar birgalikda ishga tushirildi.

«China Energy» bilan sheriklik istiqbollari, shu jumladan infratuzilma ob’yektlarini modernizatsiya qilish, energiyani saqlash tizimlarini tashkil etish, energetika tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Suv xo‘jaligida kooperatsiya qilish, sanoatning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompleks dasturni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring