NRG Uzbekistan va InfinBANK turar joy majmualari uchun foydali «Yengil Ipoteka» dasturini ishga tushirmoqda
Dastur NRG Jomiy, NRG Maftun Makon, NRG Voha, NRG Yangi Baxt, NRG Yunusobod, NRG Zamon kabi turar joy majmualariga tatbiq etiladi.
NRG Uzbekistan InfinBANK bilan hamkorlikda yangi ipoteka krediti dasturini yo‘lga qo‘ymoqda.
Bu imkoniyat o‘z uyiga ega bo‘lishni orzu qilgan har bir kishi uchun mo‘ljallangan.
Dastur quyidagi qulay shartlarni taklif etadi:
• Yillik foiz stavkasi — 6% dan 10% gacha;
• Boshlang‘ich to‘lov — 15% dan boshlanadi;
• Kredit muddati — 2 yildan 3 yilgacha;
• Rasmiy daromadni tasdiqlamasdan kredit olish imkoniyati;
• Qurilish bosqichida qo‘shimcha garov talab qilinmasligi;
• Kredit miqdori 1 000 000 000 so‘mgacha.
NRG Uzbekistan kompaniyasi ko‘chmas mulk sotib olish jarayonini har bir kishi uchun imkon qadar qulay qilishga intilmoqda. Ipoteka krediti bo‘yicha yangi shartlarimiz bozordagi eng yaxshi takliflardan biri hisoblanadi va biz ishonamizki, bu shartlar sizga yangi uyingizga erishish yo‘lidagi birinchi qadamni tashlashda yordam beradi.
Ipoteka masalalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va maslahat olish uchun 1060 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter