Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rdak, tovuq va kurka boqishga kredit beriladi

O‘rdak, tovuq va kurka boqishga kredit beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari dala va kollektor-drenaj atroflaridagi yerlardan unumli foydalanish vazifasini qo‘ydi.

Birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday yerlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qo‘shimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlarni fermer xo‘jaliklari o‘z ishchilari va ehtiyojmand aholiga o‘n yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirildi.

Bunda, fermerlarga o‘rdak, tovuq va kurka boqishga «Oilaviy tadbirkorlik» dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi.

Dala chetlariga uzum ko‘chatlari va kadi urug‘larini, tut ko‘chatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini yetkazib berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda bugungi kunda klaster, fermer va dehqonlarning 11 mingga yaqin texnika va agregatlarga talabi mavjudligi qayd etildi.

Shu bois, 1 apreldan:

  • mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);
  • import qilingan texnikalar uch yil muddatga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi, ular bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib (9 oy davomida) to‘lashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);
  • texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring