Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili O‘zbekiston iqtisodi 7,4 foizga o‘sdi — Moliya vazirligi

O‘tgan yili O‘zbekiston iqtisodi 7,4 foizga o‘sdi — Moliya vazirligi

Foto: Xabar.uz

Moliya vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,4 foizga o‘sdi.

Ta’kidlanishicha, bunga o‘z vaqtida muvofiqlashtirilgan fiskal va monetar siyosat natijasida erishilgan.

2021 yilda YaIMning nominal hajmi 734,6 trln. so‘mni yoki 69,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bunda, qishloq ho‘jaligi YaIMning 25 foizini, xizmatlar 35,7 foizini, sanoat 25,8 foizini, qurilish 6,2 foizini va eksport import mahsulotlariga sof soliqlar 7,2 foizini tashkil etdi.

Bundan tashqari, yalpi qo‘shilgan qiymat 2021 yilda 7,5 foizga ko‘payib, 681,4 trln. so‘mni tashkil qildi. O‘tgan yili iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari sanoat va xizmatlar sohasi bo‘lib, mos ravishda 9,2 va 8,7 foizga o‘sgan.

2021 yil yanvar-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari 2020 yilga nisbatan 33,8 foizga ortib, 8,1 mlrd. dollarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring