Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek so‘mi 2017-yilning eng qadrsiz valyutasi deb topildi

O‘zbek so‘mi 2017-yilning eng qadrsiz valyutasi deb topildi

Foto: «Sputnik»

«Bloomberg» tomonidan 2017-yilning eng qadrli va eng qadrsiz valyutalari reytingi e’lon qilindi. Bu haqda «Kun.uz» хабар бермоқда.

Unga ko‘ra, yilning eng ko‘p foyda keltirgan valyutasi Mozambik metikali, eng qadrsizi esa o‘zbek so‘mi bo‘lib chiqdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, o‘tayotgan yilda kriptovalyuta egalari ham maksimal foyda olishgan. Jumladan, bitkoin 1500 foizli o‘sishni qayd etgan. Jahon valyuta bozori yetakchisi sifatida 21 foizli o‘sish bilan Mozambik metikali aytildi. Undan keyingi o‘rinlarda Chexiya kronasi va Polsha zlotiysi qayd etildi, ularning kursi 18 foizga ko‘tarilgan.

Qadrsiz valyutalar reytingi
Foto: Blumberg

Reytingga ko‘ra, eng qadrsiz valyuta deya o‘zbek so‘mi topilib, 2017-yilda uning kursi 60 foizga pasaygan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 2017-yilning 5-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi va uning amalda qo‘llanilishi belgilandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin bo‘ldi.

Markaziy bank AQSh dollari va boshqa xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qilib, 5-sentabrdan e’tiboran AQSh dollarining O‘zbekistondagi rasmiy kursi 8100 so‘mga teng bo‘lishi belgilandi. O‘zbek so‘midan oldingi o‘rinda kelgan Kongo franki esa 27 foizlik pasayish ko‘rsatkichini qayd etgan.

Shuningdek, Tojikiston somoniysi ham eng qadrsiz valyutalar safida keltirilgan bo‘lib, uning kursi 10,7 foizga tushgan. Qimmatbaho qog‘ozlar orasidagi eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlarini Gretsiya (60 foiz), Beliz (38,7 foiz) va Argentina (30 foiz) davlat obligatsiyalari qayd etgan. Eng kam foyda beruvchi qimmatbaho qog‘ozlar esa Venesuela obligatsiyalariga tegishli — ularning qadri 55 foizgacha pasaygan.

Sarmoya indekslari orasida eng katta o‘sish ko‘rsatkichlari Ukrainaga taalluqli — uning o‘sishi 80 foizni tashkil qildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Qozog‘iston (+64 foiz) va Mo‘g‘uliston (+63 foiz) egallagan. Ro‘yxatning eng quyi qismida Pokistoni nomi qayd etilgan bo‘lib, uning sarmoya indeksi 22 foizga pasaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring