Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek tarvuzi qaysi mamlakatlarga ko‘p sotilyapti?

O‘zbek tarvuzi qaysi mamlakatlarga ko‘p sotilyapti?

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 mln AQSh dollariga teng 130,6 ming tonna tarvuz eksport qildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ta’kidlanishicha, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2025-yilning 6 oyida eng ko‘p tarvuz eksport qilgan davlatlar:

  1. Rossiya — 66 ming tonna
  2. Qozog‘iston — 44 ming tonna
  3. Qirg‘iziston — 19 ming tonna
  4. Belarus — 968 tonna
  5. Mo‘g‘uliston — 618 tonna
  6. Latviya — 76 tonna
  7. Gruziya — 66 tonna
  8. Polsha — 61 tonna
  • Boshqa davlatlar — 121 tonna
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring