O‘zbekiston 7 oyda 187 mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston jahonning 187 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 36,8 mlrd AQSh dollariga yetkazgan.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yirik ulushga ega mamlakatlar — Xitoy (18,6 foiz), Rossiya (18,5 foiz), Qozog‘iston (6,2 foiz), Turkiya (4,6 foiz) va Koreya Respublikasi (3,2 foiz).
Mamlakatimizning eksport hajmi — 14,8 mlrd dollar, import hajmi — 22 mlrd dollarni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter