O‘zbekiston 700 mln dollardan ziyod qarz bitimini imzoladi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida:
O‘zbekiston Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida budjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 500 mln dollar miqdorida qarz bitimi imzolandi.
Shuningdek, Moliya vazirligi va OTB Orol dengizi havzasi sektorida iqlimga moslashgan suv resurslarini boshqarish loyihasi yuzasidan 3,3 mln dollar (grant) miqdorida qarz kelishuviga erishdi.
OTB hamda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi OTB maslahat ko‘magida Buxoro issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida dastlabki qiymati 100 mln dollar miqdoridagi hamkorlik bitimini ham imzoladi.
Bundan tashqari, Moliya vazirligi va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) budjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 100 mln dollar miqdoridagi qarz kelishuviga erishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter