May oyida O‘zbekistonga elektromobil importi kamaydi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 179 taga ko‘p.
2021-yilning may oyida O‘zbekistonga 49 ta elektromobil olib kelindi, bu aprel oyiga qaraganda 16 taga kam.
2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
- Xitoy – 166 ta
- Turkiya – 24 ta
- Koreya – 5 ta
- AQSh – 5 ta
- Germaniya – 3 ta
- Litva – 1 ta
- Ispaniya – 1 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter