O‘zbekiston yengil avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 126 474 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 680 taga oshgan.
2022-yilning yanvar-may oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 475 ming tonna
— Ko‘mir – 2,1 mln. tonna
— Neft – 318 ming tonna
— Gaz kondensati – 555 ming tonna
— Yengil avtomobillar – 126 474 dona
— Avtobus – 376 dona
— Yuk avtomobillari – 1596 dona
— Avtomobil dvigatellari – 94,1 ming dona
Oldinroq, xorijdan olib kirilayotgan avtomobillar bo‘yicha ma’lumot berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter