Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta’sis etildi

O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta’sis etildi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (868-son, 14.10.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 25,0 mlrd so‘m bo‘lgan AJ shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti – O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta’sis etildi.

Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishdan iborat.

Qarorga ko‘ra, kompaniya emissiya qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring