O‘zbekiston ko‘mir qazib olishni keskin oshirdi
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4,5 mln tonna ko‘mir qazib olingan.
Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Ko‘mir qazib olish hajmi 2022-yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 14,5 foizga oshgan.
2023-yilning sentyabr oyida yirik korxonalar tomonidan 685,6 ming tonna ko‘mir qazib olingan.
Avvalroq O‘zbekistonda mavjud 10 118 ta maktabning 6 807 tasi yoki 67,3 foizi ko‘mir yoqilg‘isida isitilishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter