Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston joriy yilning fevral oyida 22 tonna oltin sotgan va oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda World Gold Council (Jahon Oltin Kengashi)ning oylik hisobotida ochiqlandi.

Umuman olganda, jahon markaziy banklarining oltin zaxiralari bir oy davomida 6 tonnaga kamaydi. Biroq, ularning umumiy hajmi hali ham so‘nggi 31 yil ichida eng yuqori darajadadir.

Bu davrda Qatar 6 tonna, Qozog‘iston 5 tonna, Germaniya va Mo‘g‘uliston bir tonnadan oltin sotgan. Turkiya - 25 tonna, Hindiston - 2,6 tonna va Irlandiya - 1 tonna oltinni sotib olgan.

Kelgusida ekspertlar oltin sotib olish hajmi oshishini prognoz qilmoqda. Rossiya-Ukraina mojarosi bozorda keskinlikni keltirib chiqardi va bunday vaziyatlarda odatda oltinga talab ortadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tgan xalqaro investitsiya forumida O‘zbekiston oltin bo‘yicha dunyoda ikkinchi, mis bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallashini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring