Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 59 million dollar qarz olyapti

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 59 million dollar qarz olyapti

Kecha, 19 aprel kuni O‘zbekiston prezidentining «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-124-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan 59 million AQSh dollari miqdoridagi qarz olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.

Bunda O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.

Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni (2023-2027 yillar) tashkil etadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ sifatida belgilangan.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

«O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi» loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;

«O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi» loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini so‘ndirish va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali;

«O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028 yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali;

«O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi» loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring