O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasida juda muhim shartnoma imzolandi
Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li qurilishi (Qirg‘iziston hududida) loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama Bitim imzolandi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilib o‘tdi.
Mazkur hujjatni O‘zbekiston tomonidan Transport vaziri I.Maxkamov, Qirg‘iziston tomonidan Transport va kommunikatsiyalar vaziri E.Osoyev imzoladi. Xitoy tomonidan hujjat 13 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi raisi tomonidan imzolanib, elektron nusxasi yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter