Salohiyatlarni namoyish etamiz: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hududlararo bitimlar imzolandi
Kecha boshlangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi birinchi hududlararo hamkorlik forumi bugun, 19-oktyabr kuni o‘z ishini davom ettirdi. Forum ishini «Xabar.uz» muxbiri ham kuzatib bormoqda.
Anjuman ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida tashkil qilingan «Salohiyatlarni namoyish etamiz» mavzusidagi biznes nonushta bilan boshlandi. Unda mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatish, iqtisodiy zonalar istiqbollari kabi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Biznes nonushta yakunida 8 ta hududlararo va 3 ta kompaniyalararo o‘rtasida ham bitimlar imzolandi.
Xususan:
- Chelyabinsk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Namangan viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik haqida bitim.
- Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Samarqand viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
- Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Farg‘ona viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
- Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Namangan viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
- Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
- Ivanovsk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
- Tyumen viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (O‘zbekiston) hokimiyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlik haqida bitim.
- Moskva hukumati bilan Toshkent shahar hokimiyati o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi.
- Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati, «RusAgroMarket-Xolding» ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati (O‘zbekiston) o‘rtasida bitim.
- «ARVIAY» X5 Riteyl Grup» aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) bilan «Uztreyd» aksiyadorlik jamiyati (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik haqida bitim.
- Rossiya eksport markazi aksiyadorlik jamiyati bilan Toshkent metallurgiya zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida strategik sheriklik haqida bitim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter