O‘zbekiston xorijga anor eksportini oshirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,3 ming tonna anor eksport qilgan.
Anor eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 766 tonnaga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1,1 ming tonna
Qozog‘iston – 743 tonna
Tojikiston – 294 tonna
Qirg‘iz R. – 99 tonna
Koreya – 16,2 tonna
Yanvar oyida xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar:
Qashqadaryo viloyati – 530 tonna
Surxondaryo viloyati – 470 tonna
Toshkent viloyati – 378 tonna
Farg‘ona viloyati – 259 tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter