Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xorijga piyoz eksportini vaqtincha taqiqladi

O‘zbekiston xorijga piyoz eksportini vaqtincha taqiqladi

Foto: Xabar.uz

Hozirda viloyatlarda mavjud jami 319 ming tn piyoz mahsulotiga aholining iste’mol talabi doirasida qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerak.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrotexnologiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov ma’lum qildi:

Mavjud zaxira piyozning 87 ming tonnasi hududlarda va aholi xonadonlarida 232 ming tonna mavjudligi aniqlandi.

Anomal sovuq natijasida dehqon bozorlarida ayrim ochiq rastalarda saqlangan piyoz mahsulotlari muzlab qolgan (muzlash harorati -5 S) hamda noqulay ob-havo sharoiti sabab taklif ya’ni, bozorga mahsulotni olib kelish xajmi pasaygan.

Malasan, xorijiy davlatlardagi holatni o‘rganganimizda, jahonda kechayotgan geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy munosabatlar zanjiridagi murakkabliklar natijasida, piyozning dunyo bozoridagi narxi sezilarli darajada oshganligini ko‘rish mumkin. Oqibatda O‘zbekiston va MDHda piyoz narxi 2 barobarga o‘sgan. Jumladan, bugungi kunda Ukrainada 74 sent, Gruziyada 56 sent, Belarussiyada Polsha, Moldova va Tojikistonda 47-50 sentni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda respublika dehqon bozorlarini o‘rganganimizda, piyozning o‘rtacha chakana narxi 6000-8000 so‘m, ulgurji narxi o‘rtacha 5500-6500 so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mamlakatimizda, ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2023-yilning 1-yanvaridan 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring