Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2020 yilda yetishtirilgan paxtaning minimal narxlari belgilandi

O‘zbekistonda 2020 yilda yetishtirilgan paxtaning minimal narxlari belgilandi

Joriy yilning 23-oktyabr holatiga Nyu-York tovar birjasi yanvar-oktyabr oylarida 1 tonna paxta tolasining (Strict Low Middling) o‘rtacha fyuchers kotirovkalari AQShning (Galveston, Xyuston, (Texas shtati), Memfis (Tennesi shtati), Yangi Orlean (Luiziana shtati) portlariga yetkazib berish sharti bilan 1375,7 AQSh dollarini tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, jahon bozorida shakllangan narxlar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklarining, yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini, shuningdek, paxta xomashyosini qayta ishlash, logistika va boshqa taalluqli xarajatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda yetishtirilgan to‘rtinchi tip ikkinchi nav birinchi sinf  1 tonna paxta xomashyosining minimal narxi qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga 4522,5 ming so‘mni tashkil etganligini e’lon qildi.

Ushbu minimal narxdan kelib chiqqan holda, paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub’yektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida boshqa yuqori yoki past navli va sinfli paxta xomashyosining narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring