O‘zbekistonda aholiga nechtadan kompyuter to‘g‘ri kelishi ochiqlandi
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni o‘rtacha 66 tani tashkil etgan.
Ma’lumot uchun bu ko‘rsatkich:
2010-yilda – 12 tani
2015-yilda – 47 tani
2020-yilda – 60 tani tashkil etgan.
Avvalroq taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar holatida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni 3,8 milliontani tashkil etgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 103 ta to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter