Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda alyuminiy idish chiqaradigan yirik zavod qurilishi boshlandi

O‘zbekistonda alyuminiy idish chiqaradigan yirik zavod qurilishi boshlandi

Illyustrativ foto

O‘zbekistonda keng turdagi ichimliklar uchun alyuminiy idishlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yirik zavod qurilishi boshlandi.

Qayd etilishicha, «Trade King» kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan mazkur zavodda gazli va yaxna ichimliklar, kofe va boshqa turdagi mahsulotlar uchun mo‘ljallangan alyuminiy idishlar tayyorlanadi.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 milliard donaga teng bo‘ladi.

«KAN manufacturer Uzbekistan» nomi ostida faoliyat yuritadigan ushbu loyiha nafaqat mahalliy bozorni, balki Markaziy Osiyoga davlatlarini ham mahsulot bilan ta’minlashi ko‘zda tutilmoqda.

Toshkent shahrining Bektemir tumanida qad ko‘taradigan zavodning investitsiya qiymati 50 million AQSh dollar atrofida. Korxona ishga tushgach, 240 nafar kishi ish bilan ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring