Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Gollivud filmlari uchun mo‘ljallangan kamerada reklama videosi suratga olindi

O‘zbekistonda Gollivud filmlari uchun mo‘ljallangan kamerada reklama videosi suratga olindi

KFC Uzbekistan videorolik e’lon qildi.

Musiqiy formatdagi reklama kampaniyasi budjet sarflashning noodatiy usuli bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bunday loyihalar marketingda kreativ yondashuv yangilik olib kirishga qodirligini ko‘rsatadi. Reklamaning bunday turi keng auditoriya e’tiborini jalb qilishi, nostandart g‘oyalar brend mavqeyini qanday mustahkamlashini ko‘rsatishi mumkin.

Bunday imidjli roliklar global brendlar o‘z qadriyatlariga sodiq qolgan holda har qanday mintaqaning madaniyati va an’analariga moslashishigiga misol bo‘la oladi.

KFC Uzbekistan ham xuddi shunday strategiyaga amal qilishga qaror qildi hamda «myuzikl» uslubidagi reklama roligini e’lon qildi. KFC Avto va uning afzalliklarini ko‘rsatish g‘oyasi xilma-xillik va yakdillik haqidagi syujetga aylandi. Videoning o‘zi oddiy odamlar va o‘zbekistonlik xodimlarning KFC’ga bo‘lgan muhabbati va ularning restorandagi o‘ziga xos lahzalari haqida hikoya qiladi. Ushbu reklama bilan mualliflar KFC shunchaki taom emas, balki odamlar quvonch va kayfiyat ulashish uchun uchrashadigan joy ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lishdi.

«Konsepsiya KFC Avto servisining qulayligi haqida, u buyurtma rasmiylashtirishning tezligini va darcha orqali bir zumda berilishini ko‘rsatadi. Vaqt o‘tishi bilan bu g‘oya brendning turli toifadagi odamlar — talabalar, keksalar, sportchilar, san’atkorlar va biznesmenlar, KFC mehmonlarini jalb qilishi haqidagi hikoyaga aylandi», - deb yozishdi KFC vakillari ijtimoiy tarmoqlarda.

G‘oya muallifi va suratga olish jarayoni rahbari — Habibullo Nabiyev hamda ’Khabi Media’ jamoasi. Loyiha ustida ishlash deyarli to‘qqiz oy davom etib, videorolikni yaratishda aktyorlar va texnik xodimlar bilan birga jami 180 nafarga yaqin odam ishtirok etdi. Suratga olishda taniqli blogerlar, aktyorlar va boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Suratga olish jarayonining o‘zi odatda Gollivud filmlarini suratga olish uchun qo‘llaniladigan ARRI ALEXA 35 kamerasi yordamida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, KFC Uzbekistan qariyb olti yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu vaqt ichida restoran O‘zbekistonning 6 ta shahrida o‘z filiallarini ochib, o‘zbekistonliklar uchun 1800 dan ortiq ish o‘rinlari yaratdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring