Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ikkita yangi oltin koni ochildi

O‘zbekistonda ikkita yangi oltin koni ochildi

Foto: «Ngmk.uz»

7-aprel kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida «Muruntov» koni tarkibida «Balpantog‘» va «Tomdibuloq» konlarining ochilish marosimi va bu yerda birinchi portlatish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

«Balpantog‘» va «Tomdibuloq» konlari bazasida qazib olish konchilik korxonasi barpo etilishi, bu yerda yangi ish o‘rinlari yaratilayotganligi mahalliy aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda, deyiladi xabarda.

Yangi konlarning oltin tarkibli ma’dan zaxiralari kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodiga 33 kilometrlik temir yo‘llari orqali tashiladi.

Konlar 40 million tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega.

Foto: «Ngmk.uz»

Konlardan qariyb 15 yil mobaynida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi. Bu ishlarni bajarish uchun konga 7 ta gidravlik ekskavator, 5 ta burg‘ilash qurilmasi, 23 ta avtoavg‘dargich, 2 ta teplovoz va boshqa ko‘plab kon texnikalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda bitta zamonaviy gidravlik ekskavatori, 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 ta avtoag‘dargich keltirildi. Bugundan kon yuzasini ochish ishlari boshlangan.

Loyiha doirasida konda 653 ta yangi ish o‘rni yaratilgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring