O‘zbekistonda kriptovalyutadan foydalanishga ruxsat berildi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyuta sotib olish va sotishga ruxsat berdi.
Hujjat bilan birinchi marta 2019-yil yanvar oyida qabul qilingan kriptobirjalarni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga ular kriptoaktivlarni faqat xorijiy valyutaga sotishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘zgartirishlar tokenning ta’riflarini va u bilan bir qator operatsiyalarni, jumladan, emissiyani chiqarish, joylashtirish va ro‘yxatga olishni nazarda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter