Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashyapti

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashyapti

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 982,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Toshkent shahrida 10 mln 138,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga o‘sganligi kuzatildi.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich:

  • Sirdaryo viloyatida – 4 mln 789,8 ming so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118 foiz);
  • Jizzax viloyatida – 4 mln 476,8 ming so‘mni (117 foiz);
  • Farg‘ona viloyatida – 4 mln 443,8 ming so‘mni (116,9 foiz);
  • Namangan viloyatida – 4 mln 350,1 ming so‘mni (116,6 foiz);
  • Surxondaryo viloyatida – 4 mln 256,5 ming so‘m (116,1 foiz)ni tashkil etgan.

O‘z o‘rnida, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Andijon viloyatida 4 mln 935,3 ming so‘m (111 foiz), Navoiy viloyatida 7 mln 486,4 ming so‘mni (113,4 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 mln 757,2 ming so‘mni (114,2 foiz), Qashqadaryo viloyatida 4 mln 148,3 ming so‘m (114,3 foiz), Buxoro viloyatida 4 mln 787,3 ming so‘mni (114,8 foiz), Toshkent viloyatida 5 mln 674,4 ming so‘m (115,3 foiz), Xorazm viloyatida 4 mln 720,1 ming so‘mni (115,6 foiz) hamda Samarqand viloyatida 4 mln 435,4 ming so‘mni (115,8 foiz) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan o‘sish sur’ati pastroq ekanligi kuzatildi.

Manba: stat.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring