O‘zbekistonda qahva iste’moli oshmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 36 mamlakatdan qiymati 3,9 mln AQSh dollariga teng 431 tonna kofe import qildi.
Kofe importi 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 133 tonnaga oshgan.
2025-yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlatlar:
- Italiya — 125 tonna
- Braziliya — 81 tonna
- Vetnam — 39 tonna
- Rossiya — 35 tonna
- Germaniya — 31 tonna
- Litva — 28 tonna
Yuqoridagi top-oltilikdan faqat Braziliya va Vetnamda kofe yetishtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter