Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Tatneft» AYQShlar tarmog‘i ochildi

O‘zbekistonda «Tatneft» AYQShlar tarmog‘i ochildi

Foto: «Tatneft»

Rossiyadagi eng yirik AYQSh tarmoqlaridan biri hisoblangan «Tatneft» kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ilk AYQShning tantanali ochilish marosimi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida Tashkent-Nurafshon yo‘lining 5-kilometrida bo‘lib o‘tgan.

Marosimda so‘zga chiqqan «Tatneft» bosh direktori Nail Maganov kompaniya O‘zbekiston bilan ko‘p sohalarda, jumladan geologik razvedka, avtoshinalar ishlab chiqarish, konchilik ishlarida hamkorlik qilayotganini qayd etgan.

Toshkent viloyatida «Tatneft» ilk AYQShni ishga tushirildi. Kelajakda kompaniya ulgurji yonilg‘i savdo tarmog‘ini ham kengaytirishni rejalashtirilgan. AYQShlar Rossiya neft korxonalari mahsulotini, jumladan «TANEKO»ning yuqori sifatli benzinini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

AYQShlarda Rossiyada ishlab chiqarilgan Ai-95, Ai-92, dizel yonilg‘isi hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Ai-80 benzinlari hamda metan gazi sotish rejelashtirilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring