Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi bazalt zaxiralarining to‘rtdan bir qismi Jizzax viloyatida joylashgan

O‘zbekistondagi bazalt zaxiralarining to‘rtdan bir qismi Jizzax viloyatida joylashgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Jizzax viloyatida sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, Jizzaxda eng tez o‘sayotgan sanoat tarmog‘i bu — qurilish va energiya tejamkor materiallar ishlab chiqarish. Oxirgi besh yilda bu sohada 180 ta yangi korxona tashkil etilgan, 900 million dollarlik 210 ta loyiha ishga tushirilgan. Buning hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 10 baravar oshib, import bo‘layotgan 110 million dollarlik mahsulotlar mahalliylashtirildi, eksport esa 7 baravar ko‘payib, 35 million dollarga yetdi.

Viloyatda birgina bazalt zaxirasi 26 million tonna bo‘lib, respublikadagi jami zaxiraning 25 foizini tashkil etadi. Lekin, bular ilgari umuman ishlatilmagan. Hozir esa, bazaltdan talab yuqori bo‘lgan 7 xil zamonaviy mahsuloti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu Forish tumanida 6 ta korxonadan iborat yaxlit klasterga aylandi.

Shu bilan birga, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Zomin, Zarbdor, Zafarobod, Forish va Yangiobodda bazalt, sement, keramzit, shisha va mineral xomashyo zaxirasiga boy 200 ga yaqin konlar bor. Prezident ularga tadbirkorlarni jalb qilib, bozorbop mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Bu yil qurilish materiallari bo‘yicha 460 million dollarlik 31 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring