O‘zbekistondagi «Coca-Cola»ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yildi
O‘zbekistondagi eng yirik yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, ltd» mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulush «O‘zbekozikovkatxolding» kompaniyasiga, 42,882 foizi esa «The Coca-Cola Export Corporation» (AQSh) kompaniyasiga tegishli. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, ltd» MChJni auksion asosida xususiylashtirish ishlari boshlangan bo‘lib, ommaviy savdoga nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalari ham jalb etilmoqda.
«Bugungi kunda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlarimiz uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlar qonun bilan himoyalanilyapti. Ana shu qulayliklar asnosida mahalliy tadbirkorlarimiz ham «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, ltd» MChJning davlat ulushini sotib olishga da’vogarlik qilishsa, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lar edi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter