Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi «Coca-cola» zavodi sotiladi

O‘zbekistondagi «Coca-cola» zavodi sotiladi

Foto: «Ccbu.uz»

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi shaffoflikni ta’minlagan holda «Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd» mas’uliyati cheklangan jamiyatini ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlamoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Bu jarayonga nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda «Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd» mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi — 57,118 foiz ulush «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasiga va 42,882 foiz «The Coca-Cola Export Corporation» (AQSh) kompaniyasiga tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring