O‘zbekistonga 11 oyda 2,7 mln dona mobil telefon import qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar–noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 mln. AQSh dollariga teng 2,7 mln. dona mobil telefon import qilingan.
O‘zbekistonga mobil telefonlar importi 2022-yilda 2021-yilning mos davriga nisbatan 185 mingtaga oshgan.
2022-yil 11 oyida mobil telefonlar eng ko‘p import qilingan mamlakatlar:
- Xitoy — 2,1 mln dona
- BAA — 247,5 ming dona
- Vetnam — 199 ming dona
- Hindiston — 175 ming dona
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter