Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan eng ko‘p elektromobil olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan eng ko‘p elektromobil olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto:«Infocar.ua»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan 268 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga ko‘p.

2021-yilning iyun oyida O‘zbekistonga 63 ta elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga ko‘p.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

- Xitoy – 228 ta

- Turkiya – 24 ta

- Koreya – 5 ta

- AQSh – 5 ta

- Germaniya – 4 ta

- Litva – 1 ta

- Ispaniya – 1 ta

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring