Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga tijorat maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘p kelmoqda?

O‘zbekistonga tijorat maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘p kelmoqda?

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 65 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Turkmaniston — 37 942 nafar;

Tojikiston — 21 451 nafar;

Afg‘oniston — 1 569 nafar;

Xitoy — 723 nafar;

Hindiston — 582 nafar;

Turkiya — 529 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 385 nafar;

Janubiy Koreya — 329 nafar;

AQSh — 199 nafar;

Rossiya — 157 nafar;

boshqa davlatlar — 1 102 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring