Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi bir yilda 5,4 mlrd. dollarga oshdi

O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi bir yilda 5,4 mlrd. dollarga oshdi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etdi.

Xususan, 2020-yil yakuniga ko‘ra davlat tashqi qarzi 5,4 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 34,4 foizga oshib, 2021-yil 1-yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 36,5 foizga yetdi. Shundan:

  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 15,1 mlrd. dollar;
  • davlat kafolatlagan tashqi qarz – 6,0 mlrd. dollar.

Davlat ichki qarzi 23,3 trln. so‘mni (2,2 mlrd. dollar) yoki YaIMga nisbatan 3,9 foizni tashkil etdi. Shundan:

  • davlat qimmatli qog‘ozlari – 4,0 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar);
  • davlat kafolatlagan ichki qarz – 19,3 trln. so‘m (1,8 mlrd. dollar).
O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi dinamikasi* (mlrd. dollar)

*Davlat qarzi bo‘yicha statistik ma’lumotlar xalqaro moliya tashkilotlari va tijorat banklari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida aniqlashtirib boriladi.

Davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan – 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan – 36,5 foiz) mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda.

«2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilangan. Ma’lumki, ushbu qonuniga muvofiq 2020 yil davomida davlat tashqi qarzini jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd. dollar miqdorida belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring