O‘zbekistonning eng sanoatlashgan hududlari ma’lum qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning 1-dekabr holatiga jami 71 110 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Farg‘ona va Toshkent viloyatlari egallagan:
Toshkent shahrida – 11 864 ta
Farg‘ona viloyatida – 8 057 ta
Toshkent viloyatida – 7 398 ta
Samarqand viloyatida – 6 321 ta
Andijon viloyatida – 5 614 ta
Namangan viloyatida – 5 057 ta
Buxoro viloyatida – 4 261 ta
Xorazm viloyatida – 4 177 ta
Qashqadaryo viloyatida – 3 990 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 3 677 ta
Surxondaryo viloyatida – 3 248 ta
Navoiy viloyatida – 3 192 ta
Jizzax viloyatida – 2 671 ta
Sirdaryo viloyatida – 1 583 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter