Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 6 oyda 12,1 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilgan

O‘zbekiston 6 oyda 12,1 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilgan

2023-yilning yanvar-iyun oyida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 29,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 12,1 mlrd dollarni, import hajmi esa 17 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 23 va 17 foizga o‘sgan.

Eksport tarkibida tovarlar 9,8 mlrd dollarni, xizmatlar esa 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, 16 mlrd dollarlik tovarlar, 1 mlrd dollarlik xizmatlar import qilindi.

O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. 

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar esa quyidagilar (AQSh dollarida):

— Xitoy – 5,3 mlrd

— Rossiya – 4,4 mlrd

— Qozog‘iston – 2,2 mlrd

— Turkiya – 1,5 mlrd

— Koreya – 1,0 mlrd

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring