O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon 1,5 foizga kamaydi – MB
Markaziy bank O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralariga oid ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2022-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, 34 mlrd 607,3 mln dollarni tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 976,2 mln dollarga kamaydi. 2022 yil boshidan esa 531,9 mln dollarga yoki 1,5 foizga kamaygan.
Bunda oltin narxining yil boshidagi 1 799,25 dollardan 1 758,90 dollargacha pasayishining ta’siri 483,6 mln. dollarni tashkil qilgan.
Hisobot davrida zaxiralardagi oltin qismining xajmi 0,3 mln unsiyaga oshgan bo‘lsa ham iyul oyida oltin narxi pasaygani sababli qiymatda 21 mlrd 78,6 mln dollargacha qisqargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter