Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: 20 ta boshqarma va korxonada «ISO 45001» va «ISO 14001» xalqaro standartlari tatbiq etilgan

«O‘zbekneftgaz»: 20 ta boshqarma va korxonada «ISO 45001» va «ISO 14001» xalqaro standartlari tatbiq etilgan

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan tizimdagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, saqlash va tarqatish korxonalaridagi boshqarish tizimini takomillashtirish, ishchi-xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitning ekologik holatini tizimli boshqarishda hozirgi davr talabiga mos kelishini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi 2021-yil 8 oyi mobaynida jami 20 ta boshqarma va korxonalarda «ISO 4500» (OHSAS 18001) va «ISO 14001» standartlari tatbiq etilgan.

Jumladan:

  • 3 ta neft gaz qazib chiqarish korxonalarida (Sho‘rtan, Vodiy, Gissarneftgaz);
  • 1 ta neft qayta ishlash zavodida (Buxoro);
  • 1 ta gazni qayta ishlash zavodida (Muborak);
  • 2 ta gaz kimyo majmualarida (Sho‘rtan, Ustyurt)
  • 9 ta neft baza korxonalarida (Chinobod, To‘raqo‘rg‘on, Jizzax, Guliston, Taxiatosh, Andijon, Paxta, Buxoro, Farg‘ona, Termiz);
  • 3 ta servis korxonalarida («O‘zneftgazquduqta’mirlash», «O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari», «Maxsusenergogaz»).

Xalqaror standartlarining tatbiq etilish tahlillari shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan 2020-yil mos davrga nisbatan 5 foizga, 2017-yilga nisbatan esa 45 foizga ko‘pdir.

Ma’lumot uchun:

  • 2017-yilda 11 ta;
  • 2018-yilda 15 ta;
  • 2019-yilda 17 ta;
  • 2020-yilda 19 ta boshqarma va korxonalarda Xalqaro standartlar tatbiq etilgan.

Sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamenti tomonidan ularning faoliyati xalqaro standartlar asosida doimiy yuritilishi nazorat qilib boriladi.

O‘tgan davr davomida «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi boshqarma va korxonalar mutaxassislari uchun xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, «ISO 45001» va «ISO 14001» standartlarining «Ichki auditning amaliy jihatlari» mavzusida ZOOM dasturi orqali onlayn va oflayn o‘quv seminarlari tashkil etildi. Yil boshidan ushbu seminarlarda jami 444 ta mutaxassis o‘qitildi.

Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 1998 nafar xodim, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi o‘quv markazida 100 nafar xodim, birinchi tibbiy yordam berish bo‘yicha 14 nafar xodim va yong‘in xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha 8 nafar xodim hamda sanoat xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha 177 nafar o‘qitildi.

Boshqarma va korxonalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash uchun 144 juft «PSh-1» apparati, 6 500 juft protivogaz va 285 juft siqilgan havo apparatlari tarqatildi. Yil boshidan buyon 65 695 juft ishchilar qo‘lqoplar tarqatildi.

Bundan tashqari, ishchi xodimlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha 12 900 nafar xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, 567 nafar xodim davolanishga tavsiya etilgan va 114 nafari davolanishga yuborilgan. Qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan 88 nafar xodimga hayfsan va 12 nafariga o‘rtacha oylik ish haqidan 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda intizomiy jazo choralari ko‘rildi. 27 nafar xodim rag‘batlantirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring