«O‘zbekneftgaz»: «Qashqadaryoda 26 yil avval to‘xtatilgan quduqdan tabiiy gaz olina boshlandi»

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi «Shimoliy Muborak» gazkondensat konining 35-sonli qudug‘idan 1994 yilgacha tabiiy gaz olib kelingan va shu yilga kelib ushbu quduq tugatilgan edi. Shundan so‘ng bu joydan boshqa gaz olinmagan va «Quduqlar fond»iga o‘tkazilgandi.
Mutaxassislar ta’mirlash dastgohi yordamida ushbu quduqda 2202 metrgacha ikkinchi yon-tana burg‘ulash ishlarini amalga oshirdi. Natijada quduqdan sanoat miqyosidagi kunlik 100 ming metr kub tabiiy gaz va 1,5 tonna gazkondensat olishga erishildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va gaz kollektoriga qo‘shish ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter