Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» va «LUKOYL» hamkorligi yanada mustahkamlanadi

«O‘zbekneftgaz» va «LUKOYL» hamkorligi yanada mustahkamlanadi

2020 yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tgan ushbu uchrashuvda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevga ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2020 yilning 6 mart kuni «O‘zbekneftgaz» AJda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan ko‘rsatma va topshiriqlar ijrosi yuzasidan «O‘zbekneftgaz» Boshqaruvi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston hududida geologiya-qidiruv sohasida, uglevodorod konlarini o‘zlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash maqsadida, «O‘zbekneftgaz» AJ va «LUKOYL» kompaniyasi hamkorligining yangi bosqichi va «yangi yo‘li» belgilab olindi va «Yo‘l xaritasi» tuzildi.

Unga ko‘ra;

— «LUKOYL» kompaniyasining ishlab chiqarish va qazib olish obe’ktlarini o‘rganish va ushbu obe’ktlarda raqamli texnologiyalarning qo‘llanishi bilan tanishish uchun «O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasi a’zolari, Rossiyaning Perm o‘lkasiga tashrif buyuradi.

— «O‘zbekneftgaz» AJ va «LUKOYL» kompaniyasi «Raqamli kon» konsepsiyasi doirasida tajriba almashishdan tashqari, ishlab chiqarish davomida raqamli «ERP» tizimini qo‘llashda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

— Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun «O‘zbekneftgaz» AJ va «LUKOYL» kompaniyasi hamkorligida qo‘shma korxona, «Ilmiy-o‘quv markaz tashkil etilishi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida esa hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, belgilab olingan rejalarni amalga oshirilishi, ikki tomonning kelishuvi asosida nazorat qilinadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring