Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zdonmahsulot»ga yangi rais tayinlandi

«O‘zdonmahsulot»ga yangi rais tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Farrux Jahongirovich Po‘latov «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq rais Surat Haydarov xizmat vazifalarini ko‘p marta suiiste’mol qilgan holda qarindosh-urug‘larini «O‘zdonmahsulot» tizimidagi korxonalarga ishga joylashtirgani, buning oqibatida pora olishning o‘ziga xos mexanizmini yo‘lga qo‘ygani, xususan, joylardagi don mahsulotlari korxonalari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarga ko‘z yumish uchun salmoqli pullar pora sifatida olingani, bu jinoyatlarda uning kuyovi Jamshid Sharipov unga faol yordam berib kelgani ma’lum qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilgandi.

«O‘zdonmahsulot» AKning asosiy vazifalariga yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlash kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring